TDIU professori “Diplomatik xizmat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
#Xushxabar #E'tirof (https://t.me/tsueuzofficial)
TDIU professori “Diplomatik xizmat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
⏺Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasi professori Islomov Baxtiyor Anvarovich Tashki ishlar vaziri buyrug‘iga ko‘ra, mamlakatimiz diplomatiya sohasidagi samarali faoliyati va ta’lim hamda ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi uchun “Diplomatik xizmat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu mukofot professor Islomovning ko‘p yillik mehnati, yosh avlodga bilim va tajriba ulashishdagi xizmatlari, shuningdek, universitetning xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan faoliyatiga berilgan yuksak e’tirofdir.
🟦TDIU jamoasi professor Baxtiyor Anvarovichni ushbu munosib mukofot bilan muborakbod etadi va ilmiy-pedagogik faoliyatlarida yangi zafarlar tilaydi.
Batafsil saytda (https://tsue.uz/oz/news/tdiu-professori-diplomatik-xizmat-fidoyisi-kokrak-nishoni-bilan-taqdirlandi)
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
