2025-yilning 10-dekabr kuni “Menejment” fakulteti “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasi dotsenti, DSc., Abdurahmonov Farhod Abdufarmonovich ...
2025-yilning 10-dekabr kuni “Menejment” fakulteti “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasi dotsenti, DSc., Abdurahmonov Farhod Abdufarmonovich tashkilotchiligida hamda kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan Jahon iqtisodiyoti yo’nalishida tahsil olayotgan 1-bosqich magistratura talabalari uchun “Tabiat-insoniyatning bebaho boyligi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda “MasterClass” darsi tashkil etildi.
Tadbirni Farhod Abdurahmonov kirish so’zi bilan ochib berdi va ekologik muammo, iqlim o’zgarishining dolzarbligiga to’xtalib o’tdi. Shuningdek, tabiatni asrash, ekologik madaniyatni shakllantirish masalalariga alohida urg’u berdi.
Tadbirga AQShning Florida universiteti professori, PhD., Alpha Epsilon Lambda tashkiloti ijrochi direktori John C. Capece ishtirok etib, talabalarga “Climate Change and Ecological Economics” mavzusida ma’ruza qildi va taqdimot o’tkazdi.
“MasterClass” darsi davomida John C. Capece dunyo miqyosida ekologiya masalalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va uning natijalari xususida batafsil axborot berdi. Shuningdek, kelgusida ushbu yo’nalishda nimalarga e’tibor berilishi muhimligini asoslab berdi. Tadbir juda bahs-munozaralarga boy bo’ldi. Talabalar tomonidan o’ndan ortiq savollar berildi, sharhlar keltirildi va takliflar o’rtaga tashlandi.
